
“Kitoblar karvoni” Hazorasp tumani 14-son umumiy o`rta ta`lim maktabiga yetib keldi. “Eng kitobxon maktab” loyiha doirasida maktablarga faqat maʼrifat ulashish, maʼnaviyatini yuksaltirish, jahon va oʻzbek adabiyotining durdona asarlarini yetkazib berish bilangina cheklanib qolmasdan yosh kitobxonlarga ajoyib sovgʻalar ham hadya etiladi.— Bu loyihani amalga oshirishdan koʻzlangan maqsad yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli, samarali oʻtkazishi va kitobga boʻlgan mehrini oshirishga qaratilgan bo`lib shu munosabat bilan maktab o`quvchilari va ularning ota-onalari bilan birgalikda maktabda ajoyib kitob javoni ishga tushdi.Bu kitob javonida maktabga sovg`a qilib olingan kitoblar joylandi va darsdan bo`sh vaqtda o`quvchi va o`qituvchilar kitob mutola qila boshladilar.