Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy

blog
  • Ota-onalarga
  • 9-05-2023, 12:30

"9-may Xotira va qadrlash kuni"

Hazorasp tumanidagi 14- umumiy o'rta ta'lim maktabining 4-"A"sinfida "9-may Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlangan tadbir òtkazildi.Tadbir maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi Ro`zimova Ziynatjon sinf rahbarligida va ota-onalar ishtirokida bo`lib o`tdi.
9 may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Hamma narsa inson uchun, uning manfaatlari uchun. Ana shu ezgu maqsad istiqlol yillarida hayotimizda mustahkam o`rin egalladi, izchil islohotlarning, yurtimiz mustaqil taraqqiyot yo`lining bosh yo`nalishi sifatida hamyurtlarimiz hayotida o`zining mustahkam ifodasini topdi. Zotan bugun O`zbekiston inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati ulug`lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi.
Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug` fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog`idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko`rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o`tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g`amxo`rlik va e`tibor ko`rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma`no-mazmun bilan boyidi.
Bu jihatdan yurtimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan tadbirlarda, ona diyorimiz xalqimizning ozodligi va istiqloli, erkin va farovon xayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi yurtdoshlarimizga ko`rsatayotgan g`amxo`rlik, xurmat-extiromda yanada yaqqol namoyon bo`lmoqda.Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma`noga egadir. Ushbu kunda barcha bobolarimiz ham mo`tabar buvilarimizni xamda o`z Vatanini himoya  qilishda jonini fido qilgan va bu ayovsiz jangu jadalda qahramonlarcha xalok bo`lganlar xotirasini biz yoshlar aslo unutmaymiz.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy
  • +998 (94) 180-84-86
  • info@hazorasp14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili