Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo'limiga qarashli 14-umumiy o'rta ta`lim maktabida 2023-yil 3-aprel sanasida maktabning 2-B sinf rahbari Yakubova Umida Ruzimovna va ota-onalar ishtirokida "Ma`rifat soatlari"o'tkazildi.
O'tkazilgan ma`rifat soatida asosan ko'rilgan masalalar:
1.3-chorak yakuni va 4-chorakdagi vazifalar
2.Nonushtaning gigiyenik tashkil qilishda ota-onalarning ro'li va vazifalari.
3.30-aprel dagi Referendumda faol ishtirok etish.
4.Navbatdan tashqari masalalar.
Bunday o'tkazilgan yig'ilishlarda ota-ona va maktab jamoasi bilan hamkorlikning yanada yaxshilashishi va o'quvchilarning ilm olishdagi kamchiliklari o'z vaqtida bartaraf etilishi va gigiyenaga alohida e`tibor qaratish kerakligi haqida Sa`dullayeva Anapashsha onaxonimiz takidlab o'tdilar.
Maktab jamoasi"Konstitutsiya meniki,seniki,bizniki!"shiori ostida barchani 30-aprel kuni bo'ladigan Referendumda faol ishtirok etishga chorlab qoladi.