Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy

blog
  • Kasaba uyishmasi
  • 27-12-2022, 13:42

" Faxriy ustozlar e’zozda"

Keksalarni e’zozlash, ularga e’tibor qo‘lini uzatish xalqimizga xos va mos, yaxshi fazilatlaridan biridir. Bejizga ustoz va murabbiylarni e’zozlab “Ustoz-otangdek ulug‘” deya ta’rif berishmagan. Ustozlik mas’uliyatli va mashaqqatli kasb, og‘ir va davomli mehnatni, sabr-toqatni talab qiladigan kasblardan biridir. Ustozlar zimmasida o‘z zamonasiga munosib avlodlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa yuklatilgan bo‘ladi.Yangi yil arafasida Hazorasp tumanidagi 14-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori K.Madraximova va boshlang`ich kasaba uyushmasi raisi S.Ro`ziboyevlar uzoq yillar shu maktabda ishlagan va mehnat faxriylari holidan xabar oldilar. Ushbu uchrashuvlar  Faxriy ustozlarga  hurmat va ehtirom ko‘rsatish, qolaversa «Ustoz- shogird» ana’analarini davom ettirish, ko‘p yillik faoliyati davomida ustozlar bo`lib o`tgan voqea va hodisalarga boy, ibratga chorlovchi mazmunli  suhbatdan bahramand bo‘lish maqsadida tashkil etildi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Tinch va osuda kunlar shukronasida, nevara-evaralari ardog‘ida yashayotgan ustozlar hozirgi kunda shu kunlarga yetkazganiga shukr qilmoqdalar

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy
  • +998 (94) 180-84-86
  • info@hazorasp14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili