Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo'limiga qarashli 14-umumiy o'rta ta`lim maktabida 2022-yil 30-sentyabrda sentyabr "boshlang`ich sinf fan oyligi" munosabati bilan maktabning 4-E sinfida "Million ichida qo'shish va ayirish'mavzusida qiziqarli ochiq dars mashg`uloti tashkil qilindi.Ochiq darsni maktabning O'IBDO' O.Matkurbanov, boshlang`ich sinf metodbirlashma rahbari Z.Ro'zimova, boshlang`ich sinf o'qituvchilari darsni kuzatib borishdi.
Bilagi zo'r birini yiqitar,bilimi zo'r mingni.
Yetti o'lchab bir kes maqollari asosida o`quvchilar o'zaro darsga qiziqib matematik amallarni tezlik va aniqlik bilan yecha boshlashdi.
Ustoz M.Ro'ziboyevaning darsini kuzatib tajriba almashib kamchiliklar ustida bahslashib yutuqlarni takkidlab o'tdilar.