

Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 14-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi Jangirova Aliya Qazaqovnaning 2-D sinfida o`tkazilgan "Bayrog`imiz-faxrimiz" mavzusida sinf soati bo`lib o`tdi. Unda ona- diyorimizning eng yangi tarixi 1991- yil 1- sentabrdan boshlanadi. Shu davrdan mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlatga asos solindi. Biz ham jahondagi yuksak rivojlangan davlatlar singari, bozor munosabatlariga o`ta boshlaganimiz.
Nufuzli xalqaro tashkilotlar- Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro valyuta fondiga a`zo bo`ldik. Xalqimiz o`z salohiyatini namoyon eta boshladi. Mamlakatimiz chet el iqtisodiyotiga ochib qo`yildi. Vatanimizga xorijdan ko`plab tadbirkorlar, ishbilarmonlar kelib, investitsiya qo`ya boshlashdi. Natijada tez orada mamlakatimiz iqtisodiyoti mustahkamlanib, respublikamiz buyuk davlatga aylanganimiz haqida sinf rahbar juda ta`sirlanib g`ururlanib takidlab o`tdi.
Har bir mustaqil davlatning o`z alohida ramzi- bayrog`i bo`lishi qadimdan qonun tusini olgan. Kattami- kichikmi- barcha mustaqil davlatlar, saltanatlarning o`z bayrog`i bo`lgan. Buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur davlatining ham moviy rang bayrog`i- tug`i doimo muzaffar hilpirab turgan.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 18 –noyabr kuni tasdiqlangan.
Davlat bayrog`i va uning ramzi bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqlikni anglatadi hamda respublikaning milliy- madaniy an`analarini o`zida mujassamlashtiradi.
Davlat ramzlarini hurmat qilmay turib, biz o`z xalqimizning millat sifatidagi o`rnini, O`zbekistonning butun jahon mamlakatlaridan biri ekanligini idrok qilolmaymiz.