Prezident qaror va farmonlari 16-03-2024, 12:16 Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-113-son qarori hamda Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limining 2024-yil 12-martdagi 01/7-13-278-sonli xatining ijrosini ta`minlash maqsadidaB U Y U R A M A N1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-113-son qarori hamda Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limining 2024-yil 12-martdagi 01/7-13-278-sonli xati rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2.Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 14-umumiy o`rta ta`lim maktabida ,,Navro`z bayramini tashkil etish va o`tkazish maqsadida ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.3.Maktab xo`jalik ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari B.Qutlimurotovga-maktabda“Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, -- -bayram arafasida maktabning barcha sinf xonalari va atrof bog`larida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hasharlarini o‘tkazish ishlari samarali olib borilsin.4.Maktab ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari O.Matkurbanov va A.Sayidovalarga -maktabda “Olam nurga to‘lsin sen bilan,Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillarini tashkil etish; - tadbirlarini milliy qadriyat va an’analarimiz hamda zamonaviy tajribalar asosida yuqori saviyada, ommaviy sayillar shaklida tashkil etish;bayram tadbirlarini bahor ayyomida borliqning uyg‘onishi, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga undaydigan ma’no-mazmun bilan ta’sirchan usullarda o‘tkazish;-Navro‘zning azaliy qadriyat va an’analariga hamohang ekanini turli tomosha va chiqishlar,ko`rinishlar orqali namoyish etish vazifasi topshirilsin.5.Maktab amaliy fan o`qituvchilarigabayram tadbirlari davomida hunarmandchilik va milliyligimizni aks ettiradigan ko‘rgazmalari burchaklarini tashkil etish;- milliy sport musobaqalari, tashkil etish;-milliy o`yinlarimizdan tosh ko`tarish,chillik o`ynash,kuch sinash,varrakuchirish,besh tosh kabi o`yinlar tashkil etilsin va g`olib o`quvchilar maktab ma`muriyati tomonidan rag`batlantirilsin6.Maktab ChQBT rahbari J.Xudoyberganovga- tadbirda jamoat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilishni ta’minlash;-maktab o`quvchilarining tadbirda faol qatnashishini nazorat qilish ishlarini amalga oshirsin.7.Maktab kadrlar bo`yicha menejeri S.Rajabovaga tadbirni maktabning veb saytlari va ommaviy axborot tizimlarida keng yoritish ishlarini amalga oshirish yuklatilsin.8. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.