Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy

blog

“Turon” maktab teatri respublika tanlovining maktab bosqichini o‘tkazish to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori
va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 26-fevraldagi 04-29-77-
sonli hamda Madaniyat vazirliklarining 2024-yil 26-fevraldagi 02-11-18-594-sonli
qo‘shma xatlariga asosan Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`limi
bo`limining 2024-yil 7-martdagi 01/7-13-06-257-sonli xat ijrosini ta`minlash
maqsadida
B U Y U R A M A N
1.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son
qarori va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 26-fevraldagi 04-
29-77-sonli hamda Madaniyat vazirliklarining 2024-yil 26-fevraldagi 02-11-18-
594-sonli qo‘shma xatlariga asosan Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab
ta`limi bo`limining 2024-yil 7-martdagi 01/7-13-06-257-sonli xat ijrosi rahbarlik
va ijro uchun qabul qilinsin.
2.Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 14-umumiy
o`rta ta`lim maktabining 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri
respublika tanlovini o`tkazish va yuqori natijalarga erishish uchun 1-ilovaga
muvofiq maktab ishchi guruhi shakillantirilsin.Tanlovni adolatli va shaffof
baholash uchun 2-ilovaga muvofiq hakamlar hay`ati tasdiqlansin.
3.Maktab ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari A.Sayidovaga
-maktabda targ`ibot ishlarini olib borilsh va teatr studiyasi shakillantirish;
-tanlov shartlari bilan jamoani ogohlantirish;
- maktabda 7-10-sinf 8 nafar o`quvchilari saralab olish;
-shakillangan jamoa bilan puxta tayyorgarlik ko`rish va nazorat qilib borish;
-tanlov shartlari bilan shakillangan jamoa tanishtirish va amaliy yordam berish;
-tayyorgalik jarayonlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish vazifalari yuklatilsin.
4. Informatika fani o`qituvchilariga:
-“Turon” maktab teatri respublika tanlovida ishtirok etishni istovchi 7-10-
sinf o`quvchilardan (8 nafardan oshmagan) jamoalar ro`yxatini shakllantirish;
-1-20-martgacha tanlovda ishtirok etishni istagan o`quvchilarni
"turonteatri.uz" sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkazish;
-tanlovda ishtirok etishni istovchi o`quvchilarga tanlov shartlari va talablarini
batafsil tushuntirish;
5.Maktab ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari A.Sayidovaga
“Turon” maktab teatri respublika tanlovi haqidagi hisobotlarni 2024-yil 1-aprel
sanasigacha TMMTBga o`z vaqtida nizom asosida yetkazish topshirilsin.
6.Maktab kadrlar bo`yicha menejeri S.Rajabovaga
Tanlovni maktab veb saytlariga o`z vaqtida joylab borish ishlari amalaga oshirsin.
7. Berilgan topshiriqlar yuzasidan vazifalar sifatli tarzda amalga oshirilishini
nazoratini o`z zimmamda qoldiraman.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy
  • +998 (94) 180-84-86
  • info@hazorasp14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili