Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy

blog

10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kundir.Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat madhiyasining matni muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov bastalagan.
Madhiyamiz hamisha mag’rur jaranglasin!

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Davlat madhiyasi qabul kun barchamizga muborak bo'lsin!

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy
  • +998 (94) 180-84-86
  • info@hazorasp14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili