Sizning ta'limingiz olmagan kim bor?
Siz-ku yuraklarga ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san'atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan.
Insonni ilm va amal bilan fazilatli qilishda eng ko‘p ter to‘kadigan inson bu – ustozdir. U jamiyatni olg‘a boshlovchi va uning ertangi kunini ta’minlovchi, ta’bir joiz bo‘lsa, bir yo‘lchi yulduzdir. Ularning inson kamolotidagi fidoyiligi uchun hamisha hurmat-ehtirom ko‘rsatish ham qarz, ham farzdir. Bugun o'z qalb qo'rini, ko'z nurini, mehr – muhabbatini, kelajagi buyuk yurtga barkamol avlodlarni – komil insonlarni tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifani zimmalariga olib, bu olijanob ishni sharaf bilan bajarishga bel bogʻlagan ustozlarni jamoasidamiz.
Biz ham maktabimiz pedagoglarining qilayotgan zahmatli mehnatlari natijasini ko'rishlari, o'z faxrli kasblarining nomidanda ulug', e'tirofdanda buyuk ekanligi namoyon etib yurishlarini, bu yorugʻ olamda onadek mehribon, otadek gʻamxoʻr, har birimiz uchun aziz va mo'tabar bo'lgan ulugʻ zot – bu muallim va murrabbiylardir. Aziz xalqimizning bir naqlida: «Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi boʻlsang, bugʻdoy ek, oʻn yil yaxshilik qilmoqchi boʻlsang, ta'lim – tarbiya ber» — deyilgan. Shu bois qadimdan kishilar oʻz zurriyotlarini ustoz qo'liga topshirar ekanlar. «Eti sizniki, suyagi bizniki» deb ustozga nisbatan ishonch bildirishgan.