Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 9-05-2023, 14:22

Inson qadri – ulug‘, xotirasi – muqaddas

Har yili 9-may sanasi mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Bu kun bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun kurashgan, fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, tinchlik-osoyishtalik yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish kunidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “9-may – Gʻalaba kuni el-yurtimizning asl farzandlari besh yil davomida mardona jang qilib, yovuz dushmanni tor-mor etgan, mislsiz talofatlar evaziga erishgan shon-sharaf ayyomidir. Bu – hech qachon unutilmaydigan, hech qanday kuch bizdan tortib ololmaydigan buyuk tarix, qudratli maʼnaviy boyligimizdir”.
Darhaqiqat, bugungi kunda ajdodlarimiz xotirasini yod etib, ularning ezgu ishlarini davom ettirish uchun maktabda 2023-yil 9-may kuni maktabning 4-"B"sinfida sinf rahbari Jangirova Gulbaxor va o`quvchilar bilan birga hozirgi kunda yurtimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash tadbiri o`tkazildi.
O‘tgan davr mobaynida marhumlarni yod etish, nuroniylar, bemorlar holidan xabar olish nafaqat o‘zbeklar, balki mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elat vakillari uchun odat tusiga kirdi. Binobarin, o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirish, insonni tiriklik chog‘ida qadrlashdek hayotiy qarashlar el-yurtimizning qon-qoniga singib borayotgani tarbiyaviy ahamiyat kasb etmoqda.Tadbirda maktabda ko`p yillar mehnat qilgan marhum ustozlar ham yodga olindi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy
  • +998 (94) 180-84-86
  • info@hazorasp14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili