Xotira shunday ruhiy-ma'naviy qudratki, u insonning insonligini anglatuvchi, uni o'tmish va istiqbol bilan bog'lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. Xotirlash – xalq manfaati uchun kurashgan, el-yurt hurmatiga sazovor bo'lgan kishilarni eslashdir. U olamdan o'tgan ajdodlarni eslashgina emas, asrlar mobaynida Vatan uchun kurashda halok bo'lganlar xotirasini hurmatlash hamdir.Shu munosabat bilan maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi Jumaboyeva O`g`iljon va 4-"D" sinf o`quvchilari bilan birgalikda "XOTIRA MUQADDAS – INSON QADRI AZIZ"mavzusida tadbir o`tkazildi.
Xalqimizga xos bo'lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat barcha bayramlarimiz singari “Xotira va qadrlash kuni” misolida ham yorqin namoyon bo'ladi.
Inson – hayot gultoji. Uning qadri, hurmati har doim e'zozga loyiq. Xalqimizga xos xislatlar haqida gap ketsa, albatta, qadr-qimmat, mehr-oqibat kabi fazilatlar tilga olinadi. Keksalarni ardoqlash, ko'makka muhtojlarning hurmatini joyiga qo'yish qon-qonimizga singib ketgan fazilat. Ayniqsa, o'tganlarni xotirlash, aziz otaxonu-onaxonlarning duosini olmoqlik saodati o'zgacha.