E'lon va tadbirlar 14-03-2024, 09:47 “Bir haftada bir kitob o‘qish” Maktabda “Bir haftada bir kitob o‘qish”loyihasini tashkil etish to‘g‘risida Hazorasp tumanidagi umumta’lim maktablarida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish,o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish, ularning ongiga kitob insonining eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, fikrlash quroli, tafakkur manbai ekanligini singdirish maqsadida “Bir haftada bir kitob o‘qish” loyihasini maktab o‘quvchilari o’rtasida tashkil etish to‘g‘risida Tumanda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasini ommalashtirish maqsadida Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limining 2024-yil 13-martdagi 175-12-174-XT/2024-son buyrug`i maqsadida B U Y U R A M A N1. Hazorasp tumanidagi umumta’lim maktablarida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish,o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish, ularning ongiga kitob insonining eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, fikrlash quroli, tafakkur manbai ekanligini singdirish maqsadida “Bir haftada bir kitob o‘qish” loyihasini maktab o‘quvchilari o’rtasida tashkil etish to‘g‘risida Tumanda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasiniommalashtirish maqsadida Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limining 2024-yil 13-martdagi 175-12-174-XT/2024-son buyrug`i ijro uchun qabul qilinsin.2. Hazorasp tuman Maktabgacha ta’limi bo`limining 2024-yil 13-martdagi 175-12-174-XT/2024-son buyrug`ining 1 va 2-ilovalari bilan tasdiqlangan Nizomi bo`yicha 14-umumiy o`rta ta`lim maktabida “Bir haftada bir kitob o‘qish” loyihasi sinflar kesimida amalga oshirilsin.3.Maktab kutubxona mudirasi (Z.Qurbonova)ga: - ro‘yxat asosida maktab maktab kutubxonasida o‘quvchi yoshlarni kitobo‘qishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish;-doimiy ravishda kitob mutolaa qilgan o‘quvchilarni har haftaning oxirida rag‘batlantirib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;4.Maktabning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari (O.Matkurbanov va A.Sayidova)ga:Maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari va maktab kutubxonachilari “Bir haftada bir kitob o‘qish” loyihasi asosida sinflar kesimida Nizomga muvofiq o‘quvchilar bilan shug‘ullanib borsinlar.- maktabda kitobxonlikka o‘quvchilarni jalb qilish ishlari-samaradorligini o‘rganish va ushbu ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirsinlar. 6. Maktab kadrlar bo`yicha menejeri (S.Rajabova)gamazkur buyruqni bir kun muddatda maktabdagi barcha ma`sul xodimlarga va sinf rahbarlariga yetkazilishini taʼminlasin. 7. Umumiy nazoratni o`z zimmamda qoldiraman. Hazorasp tumani14-umumiy o`rta ta`lim maktabining -__«mart»2024-yil _____________-sonbuyrug‘iga1-ilova Bir haftada bir kitob o‘qish” onlayn aksiyasiNIZOMIMazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktabta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidao‘tkaziladigan Bir haftada bir kitob o‘qish” aksiyasini (keyingi o‘rinlarda“Aksiya” deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.1. Umumiy qoidalarUshbu loyiha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasitizimidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.2. Aksiyaning maqsad va vazifalariAksiyaning asosiy maqsadi - o‘quvchilar o‘rtasida badiiy asarlarninghayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni hartomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdanfoydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga egaiste’dodli o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Kitobgado‘st bo‘lish, hamisha kitob o‘qish va kitob o‘qishni umr bo‘yi kandaqilmaslikni, kitobsevarlik an’analarini rag‘batlantirish; Hazorasp tuman 14-umumiy o`rta ta`lim maktabining______2024-yil ______________-sonbuyrug‘iga 2-ilovaO‘quvchilar uchun sinflar kesimida tavsiya etiladigan badiiy adabiyotlarro‘yxati № Asar nomi Muallifi Janri1 - 4 sinf o‘quvchilari uchun1O‘zbek xalq ertaklari Xalq og‘zaki ijodi Ertak2Mittivoy va akarlson Astrid Lindgren Ertak-qissalar3Bo‘g‘irsoq Rus xalq ertaklari Ertak4Vinni pux va uning sarguzashtlari Alan Aleksandr Miln Qissa 5-9 sinf o‘quvchilari uchun1. O‘tmishdan ertaklar Abdulla Qahhor Qissa va hikoyala r2. Dunyoning ishlari O‘tkir Hoshimov Roman3. Bolalik xotiralarim Oybek Romanla r hikoyala r4. Sariq devni minib Xudoyberdi To‘xtaboyev Sarguzasht roman5. Shum bola G‘afur G’ulom Qissa10-11 sinf o‘quvchilari uchun 1. Ulug‘bek xazinasi Odil Yoqubov Roman2. ChinorAsqad Muxtor Hikoyalar, qissalar, rivoyatlar3. Sarvqomat dilbarim Chingiz Aytmatov Qissa4. Nur borki soya bor O‘tkir Hoshimov Roman5. Oq so‘yloq Jek London Qissa6Tilimga nasixatMarhabo KarimovaShe`r Asos:Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limining 2024-yil 13-martdagi 175-12-174-XT/2024-son buyrug`i.