Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo'limiga qarashli 14-umumiy o'rta ta`lim maktabida "Betakror va barhayot siymolar" deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Insong‘a erur kamol matlub,
Andin dag‘i dardu hol matlub.
Har kimgaki ulum bo‘lsa vosil,
Gar dardiyu holi yo‘q, ne hosil?
Komillikni istagan inson dard va holni ham talab etmog‘i, o‘rganmog‘i lozim. Agar inson bir necha ilmlarga ega bo‘lsayu, unda dard va hol bo‘lmasa, bu ilm egasiga qanday foyda berishi mumkin?
Necha asrlarki, Alisher Navoiy nazm va navoda yulduzdek porlab turgan bo‘lsa, Zahiriddin Muhammad Bobur nomi shoir, shoh va sarkarda sifatida jahonga dovrug‘ taratmoqda. Bu ulug‘ ajdodlarimiz Vatanga muhabbat, insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, mehr-oqibat, yaxshilik va ezgulikni tarannum etib, go‘zal va benazir asarlar qoldirgani xalqimizning katta baxtidir. Bobur ham Navoiy kabi adabiyot, san’at, tarix va ilm-fanning turli sohalarida qimmatli asarlar yaratdi. Uning lirik devonlari, «Boburnoma», «Mubayyin», «Xatti Boburiy» kabi asarlari o‘zbek adabiy tili, adabiyoti va ilm-fani ravnaqi yo‘lidagi bebaho boylikdir. Bugungi kunda «Boburnoma» jahon madaniyatining nodir yodgorligi sifatida e’zozlanadi. Bu ikki buyuk insonlar- g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini munosib nishonlash maqsadida 2023- yil 10- fevralda Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo'limiga qarashli 14-umumiy o'rta ta`lim maktabi 4-E sinfida "Betakror va barhayot siymolar" deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 4-E sinf rahbari Ro'ziboyeva Madorjon Eragashevna va sinf o'quvchilari bil;an birgalikda faol tashkil qilindi. Tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan mutaffakir shoirlar ijodi va hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari, hayotbahsh g‘azallaridan o‘qib berish bilan davom etdi. Har yili bu ikki ulug‘ ajdodimizni yod etib o‘tkaziladigan tadbir bu yil ham yaxshi taassurotlar uyg'otdi. Zero ajdodlar avlodlar tomonidan xotirlanib hurmat qilinar ekan bunday xalqning kelajagi ham albatta buyuk bo‘ladi.
