Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 29-02-2024, 14:44

BUGUN TUNDA KELARMISH BAHOR

BUGUN TUNDA KELARMISH BAHOR... 
Derazangdan moʻralab asta,
Gul yuzingdan boʻlib shikasta,
Uzun qishga siltab qoʻlini,
Ham qalbingdan boshlab yoʻlini,
Toʻqqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Qoru muzni suvga gʻarq qilib,
Izgʻirinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga oʻrab olamni -
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Goʻzallikni eltib jahonga,
Sano aytib har oʻtgan onga,
Jamolingga boʻlib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo-
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga ogʻdirib,
Yomgʻirlarin yerga yogʻdirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Hissiyotga toʻldirib dilni,
Kengaytirib kichik koʻngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy
  • +998 (94) 180-84-86
  • info@hazorasp14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Maktab manzili