Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 31-01-2024, 11:29

Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi

(Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o'qituvchi va o'quvchilari uchun)

                    E’LON

    Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, "Xorazm haqiqati" va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati  va "Mangulik jamoli" jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o'qituvchilari hamda 6-, 7-, 8, 9, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun tanlov e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

📄 1.  “Eng yaxshi bag‘ishlov” mavzusida she’riyat tanlovi. Bunda ishtirokchilar tomonidan Matnazar Abdulhakim she’rlari (g‘azallari, Xorazmcha ijod namunalari) ga nazira bog‘langan yangi ijod namunasi yaratishlari lozim.
 
🖥 2.  “Eng yaxshi ijrochi” - Matnazar Abdulhakimning ijod namunalaridan ishtirokchi o‘zi xohlagan bir she'rni ifodali o'qib, videotaqdimot tayyorlashi lozim. Davomiyligi  2-4 daqiqa. Hajmi 90 mbdan oshmasligi lozim. 

📝 Ijodiy ishlar Ogahiy nomidagi ijod maktabi rasmiy telegram kanaliga tashlab boriladi.
     Har bir yo’nalishda 3 nafar eng munosib o'qituvchi va o'quvchi g’oliblar rasmiy kanalimiz orqali yig‘ilgan layklar va hakamlar hay'ati tomonidan alohida aniqlanib, joriy yilning 20-fevral kuni ijod maktabimizda o’tkaziladigan tantanali tadbirimizga taklif qilinadi, hamkor tashkilotlarning diplom hamda Ogahiy ijod maktabining maxsus esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy
  • +998 (94) 180-84-86
  • info@hazorasp14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili