Hazorasp tuman 14-umumiy o'rta ta'lim maktada 2023-yil 31-mart kuni o'quvchilarining bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun boshlang'ich sinf o'qituvchisi Ro'zimova Ziynat Olimovna tomonidan 4-A va 4-B sinf o'quvchilari o'rtasida "Zakovot intellektual " o'yini o'tkazildi.

"Zakovat intellektual"o'yini haqqoniy va shaffof tarzda o'tkazilishi uchun maktab boshlang'ich sinf o'qituvchilaridan betaraf Jumaboyeva O'g'iljon Aminovna hamda Ro'ziboyeva Madorjon Ergashovnalar hakamlar hay`ati a`zolari qilib tayinlandi.
Berilgan savollar o'quvchilarni chuqur o'ylashga va teran fikrlashga chorladi va savollar ularning yoshlariga mos ravishda tayyorlandi. "Zakovat intellektual"o'yini bahs- munozaralarga boy tarzda o'tkazildi.
O'tkazilgan " Zakovat intellektual"o'yini final bosqichi o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi va ularga kuchli motivatsiya bo`ldi.Bunday tadbirlar maktabimizda tez-tez o'tkazilishini, bolalarni juda quvontirgani ularni yanada yaxshiroq bilim olishga undaganligini aytib maktab ma`muriyatiga va bu tadbirni tashkillashtirishda bosh qosh bo'lgan Ro'zimova Ziynat Olimovnaga minnatdorchilikni bildirib murojaat qilgan ota-onalar bo'ldi.