Hazorasp tuman 14-umumiy o'rta ta`lim maktabida 2023-yil14-mart kuni "O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 1,10,20,25 yilligi"esdalik ko'krak nishonlari,"Shuhrat"medali,"Oltin qalam"Milliy mukofoti,"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist"faxriy unvoni sohibi,maktabning sobiq o'quvchisi, ustoz jurnalist Sobirov Abdulla Soburovich qutlug' 75 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi.


Uchrashuvda viloyat teleradio kompaniyasi rahbari O`tkir Matqurbanov,Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo`limidan Malika Xo'jayeva,Muhabbat Bobojonova,ustozning yaqinlari,ustozlari,sinfdoshlari,maktab jamoasi va o`quvchilar qatnashdilar.
"Oltin qalam"sohibi Abdulla Sobirov bilan birga o'qigan uning qadrdonlari Ro'zim Yaqubov so'zga chiqib,u bilan o'tgan bolalik davrlarini,maktab chog`laridagi zavqli onlari xotiralarini o'quvchilar bilan bo'lishdi.
Adabiy kechani maktab direktori Madraximova Karomat Abduraximboyevna ochib berdi.Shundan so'ng maktabning ona tili vaadabiyot fani o'qituvchilari Bekbergan Matnazarov,Dilfuza Qalandarovalar ustozning hayot yo'li haqida ma`lumot berdilar.
9-sinf o'quvchisi Nazirova Gulsevar ustoz Abdulla Sobirovga bag'ishlagan sherini tadbir qatnashuvchilariga aytib berdi.