Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo'limiga qarashli 14-umumiy o'rta ta`lim maktabida 2023-yil 18-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan "Navro'z"bayrami tadbiri ko'tarinki ruhda nishonlandi.
Tadbirni maktab direktori K.Madraximova ochib berdi.U o'z tabrigida o'quvchilarni,maktab jamoasini va tadbirda mehmon bo'layotgan ota-onalarni ular orqali butun oila a`zolarni yasharish,yangilanish fasli bo'lgan bahor ayyomi bilan tabrikladi.
Tadbir kotarinki ruhda tashkillashtirildi.Xususan tadbirda 11-sinfl qizlari o'rtasida salat tayyorlash,to'rt bezash,chuchvara tugish va pishirish,o'zbek milliy an`analarini targ'ib qiluvchi yani beshik to'yi,kelin tushdi va sumalak sayli sahna ko'rinish shartlarini namoyish qilishdi.






11-sinf o'g'il bolalar o'rtasida tosh ko'tarish shartlari bo'ldi undan 9-sinf o'gil bolalari ham faol qatnashdi.
Tadbir so'ngida hakamlar hay`ati a`zosi D,Allaberganova so'zga chiqdi va o'quvchilarning to'plagan ballarini e`lon qildi.Unga ko'ra 11-A sinf o'quvchilari 29 ball,11-B sinf o'quvchilari 30 ball bilan g'olib deb topildi.
Tadbirda faol qatnashgan barcha ishtirokchilar tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Maktab ma`muriyati bayramni ko'tarinki ruhda tashkillashtirgani va hammada yaxshi taassurot uyg'otgani uchun maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi D.Qalandarovaga minnatdorchilik bildirdi.