Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy

blog
  • Matbuot xizmati
  • 19-03-2024, 15:31

Metodlar ommalashtirish uchun

 

 

Ro`zimova Ziynat Olimovna 

Xorazm viloyati Hazorasp tumani 14-son umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi.

 

Annotatsiya:Ta`lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning qonuniyatlarini tushunishga bog`liqligi O`qitish metodi deganda ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushunilishi haqida so`z boradi.

 

Ta`lim jarayonining muvoffaqiyati uning shakligagina emas balki qo`llanilayotgan metodlar samaradorligiga bog`liq bo`lib,u ta`lim nazariyasida asosiy o`rinlardan birini egallaydi.

Metod (Yu.metodos-bilish yoki tadqiqot yo`li nazariyasi,ta`limot ) –voqelikni amaliy va nazariy egallash o`zlashtirish,o`rganish,bilish uchun yo`l-yo`riqlar usullar majmuasi,falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usullaridegan ma`nolarni anglatadi.Ta`lim metodi ta`lim jarayonlarida o`qituvchi va o`quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatdir.

Ta`lim metodlari o`qitishning o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o`quv materiallarini nazariy va amaliy yo`naltirish yo`llarini anglatadi.

O`qitish metodlari ta`lim jarayonlarida ta`lim beruvchi va t a`lim oluvchi faoliyatining qanday borishi ,o`qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda ta`lim oluvchilar qanday ish harakatlarini bajarilishi kerakligini belgilab beradi.Shuningdek,ta`lim metodi o`qituvchi vat a`lim oluvchilarning o`qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo`lidir.

Quyida tavsiya etilayotgan metodlar o`qituvchi faolligi,o`quvchi faolligini va o`z navbatida o`quvchilar faolligi o`qituvchi faolligini ta`minlaydi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Zanjirni uzma!”metodi.

         “Zanjirni uzma!”metodidan foydalanish uchun o`quvchilar bilan hayolan dengiz tubiga sayohat qilinadi.Ekranda dengiz tubi,undagi jonzotlar ,g`avvoslar haqida namoyish qilinadi va suhbat o`tkaziladi.

         Hozir biz ham hayolan shu dengizga g`avvoslar kiyimini kiyib shong`iymiz.Men sizlarga qirg`oqqa olib chiquvchi zanjirni har bir qator   o`quvchilari uchun tashlayman .Siz shu zanjir ichiga yozilgan misolni yechib shu javobda qaysi raqam oxirgi bo`lsa shu raqamdan boshlanuvchi yangi misol yozasiz va navbatdagi o`quvchiga berasiz .Bunda qaysi qator o`quvchilari misolni to`g`ri yechib ,yangi tuzilgan ifodani to`g`ri tuza olsa shu o`quvchi qirg`oqqa eson-omon chiqa oladi.

                                                                                

















 

 

 

 

 

         Bunda oxirgi o`quvchi misolni yechib tez olib chiqib o`qituvchiga berishi kerak.Qaysi qator o`quvchilari xatosiz,tez bajarishi ham inobatga olinadi.Agar o`quvchi misolni xato yechgan bo`lsa shu joydan zanjir uziladi.Har bir qatordan zanjir uzilmasidan oldin necha o`quvchi misolni to`g`ri yechgan bo`lsa shu o`quvchilar qirg`oqqa yetib kelgan hisoblanadi.

Uchta qator o`zaro musobaqalashadilar va g`olib qator o`quvchilariga rag`bat kartochkalari tarqatiladi.

 

“Zanjirni uzma !”metodi maqsad va vazifalari

 

“Zanjirni uzma!” metodidan foydalanish orqali o`quvchilar bilimini mustahkamlash ,tabiiy fan bilan STEAM ga erishish,o`quvchilar bilimidagi bo`shliqlarni aniqlash va ijodiy misollar tuza olishga o`rgatish maqsadida amalga oshiriladi.

                                 Metodni qo`llash orqali moan`anaviylikka erishamiz,o`quvchilarning tafakkurini kengaytiramiz,ijodiy qobilyatlarni rivojlantiramiz o`quvchilarda ma`suliyat hissasini shakillantiramiz,har bir o`quvchi o`rganilgan materiallarni takrorlash ular bilimini mustahkamlashga xizmat qiladi.Bu metodni barchga fanlarda qo`llash mumkin.O`quvchilar  dengiz tubidagi hayot bilan yaqindan tanishadilar.

“Raketa”metodi

         “Raketa”metodidan foydalanish uchun do`stkaga koinot tasviri tushirilgan plakat osib qo`yiladi.O`quvchilar bilan koinot haqida suhbat o`tkaziladi.Har bir qatorga  Mars,Yupiter,Saturn deb nomlangan raketa shablonlari beriladi.

         Shablonlar orqasiga o`tilgan mavzulardagi misollar yoritilgan bo`ladi.Har bir o`quvchi bittadan misolni yechib keying o`quvchiga beradi.Oxirgi misolni oxirgi o`tirgan o`quvchi yechadi va o`qituvchiga olib kelib beradi.Qaysi qator tez va to`g`ri  yechish musobaqasi o`tkaziladi.

         Bu metodni boshqa fanlarda ham qo`llash mumkin.Ona tilidan “So`z turkumlari”mavzusini o`tganimizda “Ot”, “Sifat”, “Fe`l”, deb nomlangan raketalardan foydalanamiz.Ot deb nomlangan raketaning orqasiga otlar topib  yozish,Sifat deb nomlangan raketa orqasida sifatlar topib yozish,Fe`l deb nomlangan raketa orqasida fe`llar yozish topshirig`i beriladi.

         Bu metodni o`qish,tabiiy fan,tarbiya darslarida ham bemalol qo`llash mumkin.

O`qituvchi   topshiriqni shu vaqtning o`zida tekshiradi va xato yechgan o`quvchilarga darsdan keyin qayta tushuntirib berish imkonini yaratadi.Qatorlar  olgan ballar e`lon qilinadi va g`olib qator rag`batlantiriladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                        

 

“Raketa”metodining maqsad va vazifalari.

                   “Raketa”metodidan foydalanish orqali o`quvchilarning o`tilgan mavzular yuzasidan bilimlarini mustahkamlash,ular bilimlaridagi bo`shliqlarni aniqlash shu vaqtning o`zida bajarish o`quvchilarning bilim darajasini tekshirib olishimiz mumkin.

                   Metod o`quvchilar uchun juda qizaqarli hamda ularda chaqqonlik,uddaburonlik,ma`suliyat hissini shakillantiradi.Ular bilan koinot haqida sayyoralar haqida ,yerning tortishish kuchi kabi juda  ko`p qiziqarli suhbatlar o`tkaziladi.Bu orqali STEAM ga ham erishishimiz mumkin.Metod asosan o`quvchilarning bilimini mustahkamlash va ular bilimidagi bo`shliqlarni aniqlash uchun xizmat qiladi.O`qituvchi misolni xato yechgan o`quvchini uning o`tirgan o`rnidan aniqlab oladi va unga darsdan keyin tushunmaganlarini tushuntirib ,yana qo`shimcha topshiriqlar berib yuboradi.

                   Metodni barcha fanlarda o`tilganlarni mustahkamlash maqsadida qo`llashimiz mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Saflanamiz”metodi

             “Saflanamiz”metodidan foydalanishda asosan o`quvchilarning o`zlari ishtirok etadilar.Bu ular uchun juda qiziqarli bo`ladi.

Masalan 1-sinf Savod o`rgatish davrida bu metoddan  men quyidagi foydalandim.

O`quvchilarga k a l i t  harflari beriladi,ular do`stkaga chiqib shu harflardan  turli so`zlar yasashlari kerak. “Kalit”, “tilak”, “aka”, “Ali” kabi so`zlarni o`z o`rinlarini almashtirish orqali tuzishlari kerak.

             Bu metoddan matematika darslarida foydalanish mumkin.Do`stkaga 6 nafar  o`quvchi chiqadi.Ulardan 2 ta guruhdan necha xil usulda guruh tuzish mumkin topshirig`i beriladi. Kombinatorika mavzusi o`tilganda unda samarali foydalanish mumkin.

             Men 1-sinfda  “O`nlikdan”o`tib qo`shish va ayirish mavzusini o`tishda  bu metoddan foydalanadi.25-13=   misolini yechish uchun  birinchi o`quvchiga 2 ta o`ndan bog`langan cho`p  va 5 ta  cho`pni   berdim.Ikkinchi o`quvchi undan 1 ta o`nlik va 3 ta cho`pni oladi.So`ngra 1-o`quvchida qancha cho`p qoldi? degan savolga javob oldim.O`quvchilar bu mavzuni juda tez o`rganib oldilar.

 

 

 

 

 

“Saflanamiz ”metodining maqsad va vazifalari.

“Saflanamiz”metodida o`quvchilar o`zlari bevosita ishtirok etadilar.Bu ular uchun juda qiziqarli bo`ladi.O`quvchilar ongining rivojlanishida, tafakkurining kengayishida juda katta ahamiyatga ega .Shuningdek ularni topqirlikka,chaqqonlikga ,o`zaro hamjihatlikga ham o`rgatadi.Bundan tashqari o`quvchilar bilimini mustahkamlashda xizmat qiladi.

             “Saflanamiz”metodidan barcha fanlarda foydalanish mumkin.Darslarda dam olish daqiqasi sifatida foydalansa ham bo`ladi.Chunki o`quvchilar mavzudan chalg`ituvchi topshiriqlar ham berish mumkin.

 

 

 

“Sinf sandig`i”metodi

“Sinf sandig`i”metodidan foydalanish  uchun chiroyli sandiqcha yasaymiz,unga shablonlarga yozilgan savollarni,matematikadan misol va masalalar  yozilgan kartochkalarni solib qo`yamiz.Darsda o`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida ularga bu metodni qo`llaymiz .O`quvchilar chiqib sandiqdan kartochkani oladilar va misol yoki masalani yechadilar.Dars davomida kim ko`p kartochka yecha olsa shu o`quvchi g`olib hisoblanadi.Kartochkadagi misollarni yecha olmagan o`quvchi bilan alohida ishlash uchun harakat qilinadi.

             Men bu metoddan juda ko`p foydalanaman.Har yangi mavzu o`tganimda 33 ta kartochka tayyorlayman va uni nomerlab chiqaman.O`quvchi yechgan kartochkasini yana sandiqqa solib qo`yadi va boshqasini olib ketadi.Sandiqdagi topshiriqlardan uyda yechish uchun ham berib yuboraman.Kartochkalar oddiy bo`lmasligi iloji boricha hayvonlar shablonlaridan foydalanilsak   1-sinf o`quvchilari uchun juda qiziqarli bo`ladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Sinf sandig`i”metodining maqsad va vazifalari.

“Sinf sandig`i”metodi o`quvchilarni ko`proq bilim olishiga undaydi.O`quvchilar qancha ko`p   misol va masalalar  yechsalar ular bilimini shunchalik mukamallab ,oshirib boradilar.Bu metod o`qituvchi uchun ham qulay,bir marta tayyorlagan shablonlarni bir necha kun foydalanishlari mumkin.Har bir o`tilgan mavzuni qayta –qayta takrorlab ,mustahkamlab boorish uchun xizmat qiladi.

             Bu metod o`quvchilarni chaqqonlikga bilim olishga bo`lgan ishtiyoqlarini oshirishga o`rgatadi.Rang barang shablonlarga yozilgan  misol va masalalarni yechish orqali fanga bo`lgan qiziqish yanada oshirishga erishamiz.

 

 

o`yini

“H va X”o`yinidan foydalanish uchun o`quvchilarga “H va X ” harflari yozilgan kartochkalar berib chiqiladi.O`qituvchi bir nechta H va X harflari ishtirok etgan bir nechta so`zlarini aytib turadi,halol so`zini aytsa o`quvchilar “h” ni yuqoriga ko`taradilar,xalq so`zini aytsa “x” harfi yozilgan kartochkani yuqoriga ko`taradilar.O`qituvchi so`zlarni aralash holda aytadi o`quvchilar esa qaysi kartochkani to`g`ri  deb topsa shuni ko`taradilar.Xato o`quvchilar o`yindan chetlashtiriladi va partaga o`tiradi.Shu tariqa o`yin oxirgi bir nafar o`quvchi g`olib bo`lguniga qadar  davom ettiriladi va g`olib o`quvchi aniqlanadi.Agar o`quvchilardan hech biri g`olib bo`lmasdan chiqib ketsa o`qituvchi g`olib hisoblanadi.

“X va H” o`yinning maqsadi va vazifalari.

“X va H ” o`yinini barcha sinf o`quvchilari bilan o`tkazish mumkin.O`yinning asosiy vazifasi o`quvchilarga x va h harflarini to`g`ri qo`llashga o`rgatishdan iborat.O`quvchilar x  va  hni to`g`ri talaffuz qilishga ,ular ishtirok etgan so`zlarni tez va oson o`rganishlarga xizmat qiladi.

         “X va H ” o`yini o`quvchilar uchun juda qiziqarli bo`lgani uchun uni dam olish daqiqasi sifatida ham foydalansa bo`ladi.

Men o`zim rahbarlik qilib kelayotgan   1-sinf o`quvchilari bilan  bu o`yinni har bir darsda qo`llayman,lekin o`quvchilar bu o`yindan zerikishmaydi.O`quvchilar bu o`yinni   o`rinlaridan turgan holda bajaradilar.Xato qilgan o`quvchilar partasiga o`tiradi va ular ham topshiriqni bajarib o`tiradilar.O`yinda eng oxirgi o`quvchi g`olib bo`lguniga qadar davom ettiriladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“So`zlar daraxti”

Do`stkaga katta daraxt shabloni osib qo`yiladi.Unda shaftoli mevalari ilinib qo`yiladi.Har bir meva ichiga so`zlar yozib qo`yiladi.




























 

 

 

 

O`quvchilar do`skaga chiqib bitta mevani uzib oladilar,unda yozilgan so`zga so`roq beradilar va shu so`zlar ishtirokida gaplar tuzadilar.O`n ta chiroyli gul ochildi.

O`qituvchi bilim beradi.Bu metodni savod o`rgatish davrida bo`g`inlar bilan so`z yasash topshirig`ini berish orqali ham o`tkazish mumkin.Yoki tabiiy fan darslarida metallar va minerallarni aniqlash maqsadida o`tkazish mumkin .Shablonlarga oltin,mis,temir,rux.kumush kabi so`zlar yozib qo`yiladi.

O`quvchilar do`skadan  qaysi so`z yozilgan shablonini olsa uning mineral yoki metal ekanini aytishlari kerak bo`ladi.

 

 

 

 

 

 

 

“So`zlar daraxti”metodining maqsadi va vazifalari

“So`zlar daraxti”metodining maqsadi  o`quvchilar bilimini mustahkamlash  ,ularga o`rganilayotgan materiallni tez va oson o`rgatishdan iborat.O`quvchilar  mavzuni o`yin tariqasida o`rganishsa ular xotirasida tez saqlanadi.Ayniqsa 1-sinf o`quvchilari bilan metoddan tez-tez foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.Bu metoddan har bir fanda har bir darsda foydalanish mumkin.Matematika darsida misollarni  yechish boshqa fanlarda savollarga javob berish topshiriqlarni berish mumkin.

1-sinf ona tili darsida so`zlarga so`roq berishda o`quvchilar qiynaladilar.Shuning uchun men tez-tez bu metodni qo`llab turaman.O`quvchilar juda zo`r qiziqish bilan qatnashadilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Uzum donalari”metodi

Do`skaga “Uzum donalari”shablonlari 3 qator uchun 3 ta osib qo`yiladi.Har qatordan bittadan o`quvchi chiqib o`zining qatori uchun berilgan uzum donalariga quyidagicha sonlarni yozadi.

minglik                                                                               





 

yuzlik                                                                         111+999=1110

o`nlik                                                                          13+98=111

birlik                                                                           6+7=13

Eng pastki bir dona uzum donasiga birlar xonasidagi sonlar yozib qo`yamiz o`quvchi shu sondan yozib qo`yamiz o`quvchi shu sondan boshlab ifoda turib do`skaga yozadi va javobi 2 xonali son chiqishi kerak,chiqqan javobga 2 xonali sonni qo`shib  3 xonali sonni hosil qilish kerak,yanvar chiqqan javobga 3 xonali sonni hosil qiladi.Qaysi qator xatosiz tez yechish musobaqasi o`tkaziladi.Bu metodni Millionlar sinfini o`tkanimizda 7 qator uzum donalarini yorib foydalanishimiz mumkin.Har bir ifodani tuzib yechish uchun alohida o`quvchi doskaga chiqadi va topshiriqni bajaradi.

“Uzum donalari”metodning maqsadi va vazifalari

Uzum donalari metodidan foydalanish orqali Ko`p xonali sonlarning xona birliklari haqidagi bilimlarini mustahkamlanadi,ko`p xonali sonlarning  hosil bo`lishi strakturasini mukammal egallab oladilar O`quvchilar yangi ifodalar tuzish va yechish jarayonida ijodiy faoliyatlari kengayadi,tafakkuri kengayadi,topqirlikka chaqqonlikka o`rganadilar.

Bu metod musobaqa tarzida o`tkazilganligi sababli o`quvchilar uchun juda qiziqarli va samarali metod hisoblanadi.Men bu metoddan 1-sinf o`qish,ona tili darslarida o`quvchilarning og`zaki nutqini oshirish maqsadida foydalandim.

      

                                              to`rtta so`zli gap

                                               uchta so`zli gap

                                               so`z birikmasi

                                               so`z

Masalan:  Bahor.

                  Go`zal bahor.

                  Go`zal bahor keldi.

                  O`lkamizga go`zal bahor keldi.

 

 

X u l o s a

Men tavsiya qilayotgan ushbu metodlar dars samaradorligini oshirish o`quvchilar bilimini mustahkamlash mavzuni o`yin yo`llari bilan tez va oson o`zlashtirish uchun xizmat qiladi.Tavsiya qilinayotgan metodlar bilan o`quvchilarni ijodkorlikka jamoada o`z o`rnini bilishga tafakkurini kengaytirishga,faollika o`rgatiladi.Har bir dars uchun unga mos metodni qo`llay olish o`quvchilarni darsga jalb qila olish ular diqqatini bir joyga to`plab turli xil metodlardan foydalanib dars o`tish o`qituvchi uchun katta mahorat talab qiladi.O`qituvchi darslarni bir-biriga o`xshab qolmasligi uchun harakat qilishi kerak.Shuning uchun malaka oshirish kurslarida qatnashish ilg`or ish tajribalarini o`rganishi,metodik qo``lanmalardan foydalanish va o`zi ijodkor  bo`lishi kerak.Shundagina bugungi kunda yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan boyita olishimiz mumkin.

                

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Boshlang`ich ta`lim jurnali

2.Boshlang`ich ta`lim metodik qo`llanmalar.

3.Bikbayeva.U.N va boshqalar matematika 2-Toshkent o`qituvchi 2010

4.Axmedov M va boshqalar matematika 1 Toshkent O`rinkomsentr 2003

5.ZiyoNet.uz sayti.

                 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy
  • +998 (94) 180-84-86
  • info@hazorasp14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili