Ilm – bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Bejizga emas, ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga oʼxshatishgan. Inson shunday bebaho xazinaning sohibi boʼlishida ustozning oʼrni beqiyos.Xalqimizda “Ustoz – Otangdek ulugʼ” degan hikmat bejiz aytilmaydi. Oʼtgan ulugʼlarimiz, ota-bobolarimiz ustoz va muallimlarning haqqini yaxshi bilganlar, ularning qadri nechogʼlik baland ekanini teran anglaganlar va shunga koʼra muomala qilganlar. Ustozlar haqida gap borganda xazrat Аlisher Navoiyning bu baytlaridan oshirib bir soʼz aytmoq mushkuldir:
Haq yoʼlida kim senga bir xarf oʼqutmish ranj ila,
Аylamak boʼlmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Ana shunday ustozlarimizdan yana biri Allaberganova Dilbarjon Matyakubovna bo`lib ularning 46 yillik mehnat faoliyatlari yosh avlod uchun chinakam ibrat maktabi bo`la oladi.
Ustoz o`z mehnat faoliyatlarini 1977-yil Xorazm Davlat Pedagogika institutida boshlagan. 20-yillik mehnat faoliyati davomida ustoz ko`plab shogirdlarga ta`lim-tarbiya bergan.
Keyinchalik mehnat faoliyatini Hazorasp tuman 1-son iqtidorli bolalar litsey internatida davom qildirgan.Tuman xalq ta`limi bo`limida psixolog metodist lavozimida faoliyat yuritgan.Tuman hokimligida Oila va xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash bo`limida mutaxassis "Sulaymon qal`asi "mahallasida maslahatchi sifatida o`z faoliyatlarini davom qildirgan.Hozirgi kunda ustoz Hazorasp tumanidagi Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 14-umumiy o`rta ta`lim maktabida o`z shogirdlari bilan psixolog lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.Ustoz O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi a`lochisi.
Ko`p yillik mehnat faoliyati davomida bir qator diplom,tashakkurnoma va estalik sovg`alari bilan taqdirlangan.
Ustoz 9 ta farzandning onasi,26 ta nevara,9 ta chevaraning sevimli buvijonisi.
