O‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim olishni tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021–yil 12-oktabrda
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishiga oid normativhuquqiy hujjatlarni tasdiqlash” to‘g‘risidagi 638-sonli qarori hamda
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “Jismoniy va ruhiy
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan
bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida”gi 15mx-30-sonli (ro‘yxat raqami 2691, 2015-yil 30-
iyun) va 2024-yil 13-martdagi Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`limi
bo`limining 177-12-174-XT/2024-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda
Hazorasp tumani hududidagi jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan,
shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarni uyda yakka tartibda
ta’lim olishini yanada yaxshilash maqsadida
B U Y U R A M A N
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12- oktabrdagi
638-son qarori 4-ilovasi bilan tasdiqlangan “Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy
nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga
uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda Hazorasp
tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limining 177-12-174-XT/2024-son
buyrug`i ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Ilovada ko‘rsatilgan Hazorasp tuman 14-umumiy o`rta ta`lim maktabning 8-
B sinf o‘quvchisi Egamberdiyev O`tkir Azamat o`g`li 2024-yil 5-martdan uyda
yakka tartibda ta’lim olishi inobatga olinsin.
3. Uyda yakka tartibda ta’lim olish muddati, 2024-yil 25-may kuni tugashi
nazoratga olinsin.
4.Maktabning ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Iskandarov Mahkamboy
Egamberdiyevich uyda yakka tartibda ta`lim oladigan Egamberdiyev O`tkir
Azamat o`g`liga murabbiy qilib tayinlansin.
5. Yakka tartibda ta`lim oluvchilar uchun 2023-2024-o`quv yiliga mo`ljallangan
o`quv reja asosida Egamberdiyev O`tkir Azamat o`g`liga: maktabning fan sinf
oqituvchilari berkitilsin.