Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 14-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi Ro`zimova Dilarom va maktab informatika fani o`qituvchisi va o`quvchilar bilan birgalikda maktabning sobiq ustozlari Olim Ro`zimov hamda So`najon Karimovalar xonadonlarida bo`ldilar
Uchrashuvda ustozlar o`zlarining mehnat faoliyatlari haqida ko`plab ma`lumotlar va xotiralar bilan o`rtoqlashdilar.
Sizning ta`limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi,shoirmi yo san`atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan.