Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`lim bo`limiga qarashli 14-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori Madraximova Karomat Abduraximoboyevna 8-mart "Xalqaro xotin qizlar kuni" munosabati bilan oilalarni mustahkamlash,yosh avlodni vatanparvarlik,istiqlol g`oyalarigasadoqat,milliy va umuminsoniy qadiriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo`shib kelayotgan munosin hissasi uchun O`zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi qo`riqlash bosh boshqarmasi faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
Xalqimizda “jannat onalar oyog‘i ostida” – degan naql bor. Istardimki, har bir inson atrofidagi ayolga – onasi, singlisi, opa va qizi kabi qarasin va e’zozlasin.
Aminmanki, jamiyatda ezgulikka, tenglikka intilish ana shunday tushuncha va harakatdan boshlanadi.
Ayollarimiz bahor quyoshidek aziz va qadrda bo‘lishsin.

Zotan, dunyodagi jamiki yaxlitlik va to‘kislik onalarimiz, opa-singillarimiz, qizlarimiz bilandir. Onalarning sokingina tebratgan beshigida ne-ne daholar ulg‘aymadi deysiz. Ularning allasi bilan inson olamni taniydi. Qalbiga ezgulik inadi. Ayol borki, xonadonlarimiz charog‘on, fayzli va mazmunli.
Yaxshiyamki dunyoda ayollar bor. Hayot ular bilan go‘zal, ular bilan mazmunli. Tasavvur qiling, agar bir kun volidangiz, ayolingiz uyda bo‘lmasa, qay ahvolga tushasiz? Go‘yo xonadoningizning fayzi qochgandek tuyuladi. Shunday emasmi? Binobarin, tabarruk zotning ko‘zida doim quvonch, yuzida tabassum bo‘lishi uchun biz, erkaklar ulardan shirin so‘zimizni, mehrimizni ayamasligimiz, umr bo‘yi asrab-avaylashimiz kerak.
Bugungi bahoriy bayram barchangizga muborak bo‘lsin! Go‘zallik, nafosat va oilaviy farovonlik sizlarni hech qachon tark etmasin.
BYRAM MUBORAK BO`LSIN!