"Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi bu – mening Konstitutsiyam"
Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 14- umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2023-yil 7-aprel kuni 3-sinf ota-onalari ishtirokida Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan "Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi bu-mening Konstitutsiyam" mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda maktabning MMIBDO' A.Sayidova hamda maktab psixologi D.Allaberganova so‘zga chiqib, ota-onalarga yangilanayotgan Konstitutsiyamiz haqidagi yangiliklar bilan tanishtirdilar va befarq bo‘lmaslika chaqirdilar.Bu yangilanayotgan Konstitutsiya biz va bizga o'xshagan butun O'zbekiston xalqiga juda katta imkoniyat eshiglarini ochishini takidlab o'tdilar.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada yoshlarning huquqlarini himoya qilish masalasiga tegishli juda ham ko’p normalar belgilangan. Har bir norma yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.Ayniqsa Konstitutsiyamizning 50-52-moddalariga kiritilgan o'zgartirishlar har birimizni ruhlantiridi.
Shu sababli, 14-son maktab xodimlari, xususan, Men o'z taqdirimga, kelajagimga va Konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasman. Sizni ham befarq bo'lmaslikka, Referendumda o’z ovozingizni berishga chorlab qolaman.
#befarqemasman