Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy

blog
  • Maktab jamoasi / O'qituvchilarga
  • 16-01-2024, 12:21

Ustozning o‘rni

Ilm bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga o‘xshatishgan. Inson shunday bebaho xazinaning sohibi bo‘lishida ustozning o‘rni beqiyos.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam  bir hadisi sharifda o‘zidagi bilim va hunarni boshqalarga o‘rgatuvchi insonlar haqida: «Albatta, Alloh taolo uning farishtalari, samovot ahli, hattoki, kavakdagi chumoli, dengizdagi baliqqacha barchalari insonlarga yaxshilik o‘rgatuvchi kishi haqiga salovat-duo aytib turadilar”, deb marhamat qilganlar.
Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” — degan hikmat bejiz aytilmaydi.  O‘tgan ulug‘larimiz, ota-bobolarimiz ustoz va muallimlarning haqqini yaxshi bilganlar, ularning qadri nechog‘li baland ekanini teran anglaganlar va shunga ko‘ra muomala qilganlar. Ana shunday fidoiy murabbiylardan ya`na biri bu maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchi ko`plab yoshlarni sevimli ustozi,ko`p yillik pedagog Jangirova Aliya Qazaqovnadir.Ustoz shu ish faoliyati davomida o`zlaridan minglab o`quvchilarga ta`lim-tarbiya berib kelmoqdalar.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy
  • +998 (94) 180-84-86
  • info@hazorasp14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Maktab manzili