Ustoz. Shu birgina so'z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam. Ustoz-bu o'zidan keyin har bir insonning hayotida sezilmas, ammo juda muhim iz qoldiruvchi buyuk zot. Zero, har bir kasb egasi muallim qo‘lida o‘z yo‘lini topadi. Inson yo‘qki, ustoz-muallim sabog‘isiz kamolga yetgan bo‘lsa! Insoniyat kamoloti uchun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, o'zlarini esa e'zozlab kelishgan.
Ana shunday ustozlardan ya`na biri maktabimizning boshlang`ich sinf metodbirlashma rahbari o`zining ko`plab shogirdlarni tarbiyalashdek mas`uliyatni his qila olgan oliy toifali pedagog Ro`zimova Ziynatjon Olimovna bo`ladilar.