Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy

blog
  • Maktab jamoasi / Qo'ng‘iroqlar jadvali
  • 29-12-2023, 19:37

Savodxonlik muborak

Yangi O'zbekistonning 1-sinf o'quvchilari yangi hayotga dadil qadam qo'ymoqdalar. Bugungi kunda ular “ALIFBE”dan o'z savodlarini
chiqardilar. Shu munosabat bilan Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 14-umumiy o`rta ta`lim maktabida ham"Savodxonlik muborak" bayrami o'tkazildi.
Tadbirda 1-sinf o'quvchilari “ALIFBE” kitobidan o'rgangan Vatan, ona, ustozlar haqidagi o'zlari yod olgan she'rlaridan aytishdi. Bayram ko'tarinki kayfiyatda, qiziqarli sahna ko'rinishlari hamda ashula va raqslarga boy bo'ldi. Bolajonlar bayramda so'z va matematik savodlarini ajoyib didaktik o'yinlar orqali ko'rsatib berishdi. Tadbirga kelgan ota-onalar farzandlarining olgan bilimlarini ko'rib rosa quvondilar. Bolajonlarning ustozi Jumaboyeva O`g`iljon Aminovna o'quvchilarining ko'zlaridagi quvonchni ko'rib, ular bilan faxrlandi. Bolajonlar esa o'zlari sevib o'qigan "Alifbe”si bilan xayrlashib, "O'qish" kitobini kutib oldilar.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy
  • +998 (94) 180-84-86
  • info@hazorasp14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Март 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Yil dasturi

Maktab manzili