Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy

blog
  • Erishilgan yutuqlar / E'lon va tadbirlar
  • 14-03-2024, 10:15

Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi jasorati aks ettirilgan tematik ko'rgazmali xona

Hazorasp tumanidagi umumta'lim maktablarida o'quvchi-yoshlarni har tomonmlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash uchun ulug' ajdodlarimizdan qolgan boy ma'naviy merosni o'rganishga katta e'tibor qaratilgan. 

Xabaringiz bor tumandagi umumta'lim maktablari o'rtasida Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi jasorati aks ettirilgan tematik ko'rgazmali xona bo'yicha, eng yaxshi maktab tanlovi e'lon qilingan edi. 

Bugun tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida  tanlov najijalariga ko'ra g'olib deb topilgan maktablar nomi e'lon qilindi. 

Natijalarga ko'ra :
1-o'rinni Hazorasp tumanidagi 1-son maktab
2-o'rinni Hazorasp tumanidagi 14-son maktab
3-o'rinni Hazorasp tumanidagi 25-son maktab egalladilar.


G'olib maktablarning direktorlariga tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Sh.Axmedov tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy
  • +998 (94) 180-84-86
  • info@hazorasp14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Maktab manzili