Bugun Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining eng yaxshi veb sayt administratorlari taqdirlandi.
Tanlovda Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 14-umumiy o`rta ta`lim maktabining kadrlar bo`yicha menejeri (inspektor) Rajabova Sevara Oybekovnamaktabning veb sayti belgilangan mezonlar asosida yaratilganligi, saytdagi mavjud bo‘limlarga to‘liq ma’lumotlar kiritilganligi, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun interaktiv xizmatlar mavjudligi hamda doimiy yangiliklar kiritilib borishlari saralab olinib, eng yaxshi maktab veb saytini yuritishga qo`shgan hissasi uchun Viloyat hokimligining "Raqamli rivojlantirish bo‘linmasi" tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.