Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy

blog
  • Maktab haqida
  • 30-09-2023, 11:44

“1-oktyabr – ustoz va murabbiylar kuni”

“1-oktyabr – ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 14-umumiy o`rta ta`lim maktabi jamoasi tabrigi
Ustoz – otangdek ulugʻ. Bu hikmat zamirida yotgan haqiqatni hammamiz yaxshi bilamiz. Ustozlar taʼlimini olmay, oʻgitiga amal qilmay bir nimaga erishgan insonni hali tarix koʻrmagan.

“Haq yoʻlinda kim senga bir harf oʻqutmish ranj ila,
Aylamak boʻlmas ado oning haqin yuz ganj ila”
– deydi Alisher Navoiy bobomiz ham.
Ilm oʻrganmoqlik igna bilan quduq qazishga qiyoslanadi. Hayot falsafasi – bu, yaxshi maʼnodagi kurashlardan iborat. Bugun mamlakatimizda uchinchi renessans poydevorini qoʻyish haqida gap ketayapti. Tabiiyki, bu poydevorga ilk gʻishtni qoʻyish masʼuliyati ustozlarning zimmasida turibdi. Chunki, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, intellektual baland kasb-hunar egasi boʻlgan yoshlarni bizdek ustozlar tarbiyalaydi, voyaga yetkazadi.
Mamlakat, uning yoshlari, ertangi kuni taqdiriga masʼul boʻlgan ustoz va murabbiylarni bugungi kasb bayramlari bilan chin dildan samimiy tabriklaymiz.
Aziz ustozlar! Bayram muborak boʻlsin!
Sihat-salomatlik, baxtu-saodat, tinchlik-xotirjamlik hamisha Sizga yor boʻlsin!

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog'i, Navro'z mahallasi, Ta'lim ko'chasi 55-uy
  • +998 (94) 180-84-86
  • info@hazorasp14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili